Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi 

O‘zbekiston 07:14 / 30.03.2024 3419

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro Sh.O‘. fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, uni 3 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetga o‘qishga kiritib, keyinchalik uning o‘qishini Samarqand tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishini aytib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: