O‘zbekistonda har oyning to‘rtinchi chorshanbasida «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 08:59 / 30.03.2024 5221

O‘zbekistonda endilikda har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi

Unga ko‘ra, hukumat topshirig‘iga binoan, 2024 yil mart oyidan boshlab har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» deb e’lon qilindi.

Bu 2024 yilda quyidagi kunlarga to‘g‘ri keladi:

  • 24 aprel;
  • 22 may;
  • 26 iyun;
  • 24 iyul;
  • 28 avgust;
  • 25 sentabr;
  • 23 oktyabr;
  • 27 noyabr;
  • 25 dekabr.

«Avtomobilsiz kun» jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilandi.

29 mart, juma kuni Toshkentda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi bo‘lib o‘tdi, uni o‘tkazish fevral oyida prezident tomonidan tasdiqlangan edi. Tadbir birinchi marta keng masshtabli formatda o‘tkazildi.

Shu kuni ko‘plab davlat rahbarlari va xodimlari ishga jamoat transportida, velosipedda yoki piyoda keldi. Xususan, transport vaziri Ilhom Mahkamov — avtobusda, ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov — metroda, Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov — velosipedda, raqamli rivojlanish vaziri Sherzod Shermatov hamda MB raisi Mamarizo Nurmuratov esa piyoda harakatlandi. Sport vazirligi rahbari Adham Ikromov uzoq vaqt davomida piyodalar yo‘lagidan o‘ta olmadi.

Ko‘proq yangiliklar: