"Dunyo" xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida muzey direktori O‘zbekistonning qadimiy tarixining ashaddiy muxlisi ekanini ta’kidladi.
O‘zbekistonda mamlakatning barcha hududlaridagi muzeylar ko‘rgazmalarini yangilash, qayta ko‘rgazmaga qo‘yish, muzey ashyolari va kolleksiyalarining elektron katalogini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqidagi ma’lumotlar Vengriya tomoniga katta qiziqish uyg‘otdi.
Layosh Kemechei Vengriya etnografiya muzeyi va O‘zbekiston muzeylari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan muntazam muloqotni davom ettirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga kelishib oldi.