Fuqaro bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?

O‘zbekiston 16:20 / 30.03.2024 10695

Pensiya jamg‘armasi bunday vaziyatlarda fuqarolarga qanday pensiya tayinlanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun 4-moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalari turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ular o‘zi tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Ya’ni, agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish uchun huquq paydo bo‘lganda, yuqoridagi qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: