Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida — 510 ming so‘m to‘lov belgilanmoqda.
Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida to‘lov belgilanmoqda.
Aholining yashil energetikada harakatlanuvchi transport vositalari xarid qilishini rag‘batlantirish maqsadida bunday toifadagi transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida imtiyoz berilmoqda.