Britaniyaning eng qadimiy sayyohlik brendi O‘zbekiston turizmini targ‘ib etishga ko‘maklashadi

O‘zbekiston 15:14 / 30.03.2024 1997

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida Britaniyadan O‘zbekistonga turistlar oqimini oshirish, mamlakat sayyohlik imkoniyatlari va yangi yo‘nalishlarini hamkorlikda Britaniya keng ommasi o‘rtasida targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Jorj Kolvin Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan va turli madaniyatlarni birlashtirgan O‘zbekiston zamini Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xiva singari qadimiy shaharlari hamda dunyoga mashhur tarixiy obidalari bilan britaniyalik sayyohlarni faol jalb etayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar joriy yilda 2500 nafar britaniyalik sayyohlarni mamlakatga yuborish va O‘zbekiston sayyohlik jozibadorligini Britaniyada keng targ‘ib qilish maqsadida yetakchi ommaviy axborot vositalarida mavzuga oid maqolalarni joylashtirish to‘g‘risida kelishib oldi.

1758 yilda tashkil etilgan Cox&Kings kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy sayyohlik brendi hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, britaniyalik sayyohlar uchun xorijiy turlarni tashkil etishda ham yetakchi sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: