Toshkentning 4 tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

O‘zbekiston 09:56 / 29.03.2024 3024

Poytaxtning Yangihayot, Sergeli, Bektemir, Olmazor tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Yangihayot tumanida 29 mart kuni 10:00 dan 17:00 gacha:

  • Yo‘ldosh mahallasi;
  • Al-Farg‘oniy mahallasi;
  • Toshkent mahallasi;
  • Fayzli mahallasi;
  • Chortoq mahallasi;
  • Charog‘on mahallasi;
  • ulgurji iste’molchilar - 46 ta.

Sergeli tumanida 29 mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:

  • Eshonbuloq mahallasi;
  • Sadoqat mahallasi;
  • Xonobod mahallasi;
  • ulgurji iste’molchilar - 24 ta.

Bektemir tumanida 29 mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:

  • ko‘p qavatli uylardagi 60 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar - 6 ta.

Olmazor tumanida 30 mart kuni 11:00 dan 17:00 gacha:

  • Ziyo mahallasi;
  • ulgurji iste’molchilar - 5 ta.
Ko‘proq yangiliklar: