Joriy yilning 27 mart kuni Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (migalka) chiroq o‘rnatib, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisiga nisbatan MJtKning 128-5-135-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Haydovchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagani sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Haydovchi, unutmang yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.