Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.Sh. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro X.S.ga 44,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, departamentning Denov tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Z.M. va S.M. jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro M.X.ga 37,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 3045 AQSh dollari, 41 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.A. jami 2 800 AQSh dollarini fuqaro A.D.ga 35,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.