Muborak tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga sud hukm o‘qildi 

O‘zbekiston 18:17 / 29.03.2024 9565

5 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati, Koson tuman sudida Muborak tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i I.U. Jinoyat Kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. 

U davlat organi yoki davlat ishtirokidagi tashkilotlarda moddiy javobgarlik va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan 1 yil muddatga mahrum qilinib, ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. 

Xabarda mansabdor shaxsning qanday jinoyatlarni sodir etganligiga oydinlik kiritilmagan. 

Qayd qilinishicha, I.U. sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat bergan.

Ko‘proq yangiliklar: