O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi Loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi hamda jalb etilgan qarz mablag‘lari va grantlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishi, qarz mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.