Biznesni raqamlashtirish va uning daromadliligini oshirish zamonaviy dunyoda tobora muhim vazifaga aylanib bormoqda. Bunga erishish uchun VEON AdTech turli savdo tarmoqlarini optimallashtirish uchun mo‘ljallangan innovatsion yechimlarni taklif etadi.
VEON AdTech takliflari asosida VEON telekommunikatsiya holdingi shu’ba korxonasi — Beeline Uzbekistan raqamli operatori bazasida jamlangan ma’lumotlarni qayta ishlash yotadi. Kompaniyalar birgalikda analitik, fintex va reklama mahsulotlarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Maqolada biznesni transformatsiya qilish uchun ma’lumotlar tahlili jarayoni, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bazasini birlashtirgan noyob raqamli mahsulot, VEON AdTech haqida so‘z boradi.
DSP-platformasi: reklama sohasidagi inqilob
DSP (Demand-side platformasi) — bu veb saytlar va mobil ilovalarda reklama joylashtirish uchun foydalaniladigan texnologik yechim. Platforma VEON kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi uyali aloqa operatorlari ma’lumotlari asosida auditoriyani tahlil qiladi. Bu reklama beruvchilarga ma’lumotlar maxfiyligini saqlab qolgan holda, mijozlarning xohishlari, qiziqishlari va xatti-harakatlari asosida ularni aniqlash imkonini beradi.
Mahalliy insaytlar bilan global qamrov
VEON AdTechʼning DSP-platformasidan foydalangan holda reklama beruvchilar xalqaro bozorlarga chiqishlari mumkin. Bunga ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Pokiston va Bangladeshda VEON guruhi bo‘linmalari faoliyat yuritishlari imkon beradi. Reklama kampaniyalari turli raqamli kanallar, jumladan aloqa operatorlari ilovalari orqali ishga tushiriladi, bu esa auditoriyani maksimal qamrab olish imkonini beradi. Bunday yondashuv kompaniyalarning bizneslari o‘sishini rag‘batlantirib, marketing strategiyasini bozorga moslashtirishga imkon beradi.
Shovqinni yengib: pretsizion marketing vositasi
DSP-platformasi internet foydalanuvchilari bilan bevosita muloqotni ta’minlaydigan pretsizion (aniq yo‘naltirilgan) marketing vositasidir. Bunday yondashuv foydalanuvchilarning «bannerli reklama» bilan bog‘liq boshog‘riqlarini va haddan tashqari ko‘p ma’lumotlardan foydalanish yuklamasini qisqartirishga yordam beradi. Targetingning kengaytirilgan imkoniyatlari kompaniyalarning konversiya va mijozlarni jalb qilishlarini ta’minlab, ularga maqsadli auditoriyani samarali qamrab olishga imkon beradi.
DSP 2.0 yangilanishi: reklama vositalarining yangi bosqichi
VEON AdTech o‘z mahsulotlari va xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirib boradi. DSP 2.0 texnologiyasining yangilanishi reklama beruvchilarni kengaytirilgan targeting imkoniyatlari hamda yanada funksional va intuitiv interfeys bilan ta’minlaydi. Bu jarayondagi muhim o‘zgarishlardan biri — SPA (Cost-Per-Action) modelining joriy etilishi bo‘lib, uning yordamida mijozlar faqat amalga oshirilgan maqsadli harakatlargagina, masalan, havola orqali o‘tish yoki formani to‘ldirish uchun pul to‘laydi. Xarajatlarni samarali boshqarish takliflar diapazoni, namoyish chastotasi va davomiyligi asosida budjetni korrektirovka qilish imkonini bersa, kompleks tahlil esa reklama beruvchilarga foydalanuvchilarning reklama bilan munosabatlari (u bilan qiziqishlari) haqida batafsil hisobot beradi.
Nima uchun VEON AdTechʼning DSP-platformasini tanlash kerak?
VEON AdTechʼning DSP-platformasi universalligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyadagi eng so‘nggi o‘zgarishlar mijozlarga o‘zlarining talablari va afzalliklaridan kelib chiqqan holda reklamani sozlash imkonini beradi. Ushbu moslashuvchanlik xarajatlarni optimallashtirishi muhim bo‘lgan keng yirik kampaniyalar uchun ham, xizmatlari qimmat bo‘lgan agentliklar va mutaxassislarga murojaat qilmasdan integratsiyalashgan kompleks reklama yondashuvini izlayotgan kichik biznes vakillari uchun ham birdek foydali. Bundan tashqari, platforma reklama beruvchilarga turli reklama kampaniyalarini optimallashtirib va ularning samaradorligini oshirib, turli reklama kanallarini birlashtirish imkonini beradi.
Ilk natijalar
Yo‘lga qo‘yilgan reklama kampaniyalari turli biznes tarmoqlari va maqsadli demografik guruhlarda xizmat samaradorligini namoyish qilib, ijobiy natijalarni ko‘rsatdi.
Misol uchun, yirik quruvchi firmaning turar joylari reklamasini rivojlantirishga qaratilgan N 1 kampaniyaning konversiya darajasi 156% ga yetdi, bu esa mijozning oldingi reklama kampaniyalari ko‘rsatkichlaridan oshdi degani. Yana bir misol, O‘zbekistondagi chakana savdo tarmoqlaridan birining taniqliligini oshirishga qaratilgan N 2 kampaniyada ayni korxonaning natijasi xuddi o‘sha reklama budjeti saqlangan holda belgilangan KPIʼdan 78 foizga oshdi.
VEON AdTech — rivojlanish va transformatsiyaga intilayotgan kompaniyalar uchun ishonchli hamkordir. VEON AdTechʼning keng qamrovli xizmatlari va ilg‘or texnologiyalari korxonalarga o‘z salohiyatini ochish, jarayonlarni optimallashtirish va hatto erishili qiyin bo‘lgan eng katta maqsadlarga erishishda yordam beradi.
Kompaniya haqida
VEON AdTech — digital va performance marketing hamda zamonaviy reklama texnologiyalarini, jumladan, programmatic-platformalarni rivojlantirishga qaratilgan VEON kompaniyalari guruhining bir qismi hisoblanadi.
Kompaniya o‘z faoliyatida Big Data, sun’iy intellekt va machine-learning texnologiyalaridan foydalanadi. VEON AdTech yuqori aniqlikdagi targeting xizmatlar, bozor ehtiyojlarini o‘rganish va do‘konlardagi mijozlar faolligi yoki belgilangan hududlardagi trafikni tahlil qilish xizmatlarini taklif etadi. Kompaniyaning raqamli marketing xizmatlari har qanday turdagi biznes sub’yektlarga, shuningdek, davlat sektoriga ham mo‘ljallangan.
Facebook: fb.com/VEON.AdTech
Telegram: t.me/VeonAdTech
Twitter: twitter.com/VEON_AdTech
LinkedIn: linkedin.com/company/veon-adtech
Reklama