Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi

O‘zbekiston 08:23 / 28.03.2024 13851

«Avtomobilsiz kun»ni o‘tkazishdan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hisoblanadi.

Shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish rejalashtirilgan.

Ekologiya vazirligi barchani «Avtomobilsiz kun»ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: