Tatariston rahbari Surxondaryoning boy tarixi bilan tanishuvi unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. Ikki tomonlama manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Neftni qayta ishlash, transport va logistika, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, innovatsion texnologiyalar hamda chorvachilikni rivojlantirish sohalarida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Kelgusida hamkorlik aloqalarini madaniy sohalarda ham rivojlantirish maqsadida madaniyat kunlarini tashkil etish, o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida ikki hudud delegatsiyalarining tashriflarini uyushtirishga kelishib olindi.
Tatariston va Surxondaryo o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari yuzasidan ikki hudud rahbarlari tomonidan bayonnoma imzolandi.