Yaponiyaga safar qilgan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova yaponiyalik me’mor, Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando bilan uchrashdi.
Jamg‘arma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yangi binosining me’moriy loyihasi va dizayn g‘oyasi ustidagi ishlar tugagach, uni amalga oshirish yakuniy bosqichga o‘tadi. Tadao Andoga loyiha ijrosi bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish yuklandi.
Joriy yilda yaponiyalik me’mor loyihasiga asosan bino qurilishi boshlanadi, deyiladi xabarda.
Muzey binosi sobiq “Navro‘z” tantanalar saroyi o‘rnida barpo etilishi ko‘zda tutilgan.