2024 yil yanvar-fevral oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 718 ta yuridik shaxs tomonidan 1,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 194,6 mlrd so‘mi, ya’ni 12,5 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi qariyb 1,6 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 8,1 mlrd so‘m.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS - 98,3 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i - 34,8 mlrd so‘m;
- JShODS - 27,2 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 19,4 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 2,2 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 2 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 10,7 mlrd so‘m.