Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, A.Xolmurodov 1980 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos.
Mehnat faoliyati davomida viloyat prokuraturasida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Mazkur tayinlovga qadar u byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.