Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan S.Y. fuqaro M.P. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.T.ga go‘yoki o‘zini kadastr xodimi va yer ajratish bo‘yicha tender komissiyasi a’zosi sifatida tanishtirib, unga Qo‘shtepa tumani hududidagi 12 sotix zaxiradagi ekin yer maydonini 10 000 AQSh dollari evaziga avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ajratib berishini aytib, oldindan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, davlat kadastrlari palatasi Yakkabog‘ tumani filiali muhandisi B.X. fuqaro B.O.ga “Darxon” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 1 gektar yer maydonida bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.