Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish to‘xtatiladi 

O‘zbekiston 10:00 / 27.03.2024 4020

“Hududgaz poytaxt” xabariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor va Uchtepa tumanlarining qator hududlariga 27 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. 

Chilonzor tumani:

aholi iste’molchilari: 7, 8, 9, 10, 16-mavzelar, S-mavzesi, “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Lutfiy”, “Oqtepa sohilbo‘yi”, “1-Qatortol”, “Nafosat”, “Diyor”, “Qatortol”, “Cho‘ponota”, “Bog‘zor”, “Oqtepa” MFYdagi 13 836 ta ko‘p qavatli xonadon va 1842 ta yerli xonadon;
ulgurji iste’molchilar: 68 ta.

Uchtepa tumani:

aholi iste’molchilari: “Tepaqo‘rg‘on”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Ko‘xna Cho‘ponota”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFY va Uchtepa tumani 11, 12, 13, 14, 15, 26-mavzelaridagi ko‘p qavatli 7379 ta xonadon
ulgurji iste’molchilar: 76 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: