Toshkentda o‘z uyi yerto‘lasida mayning ferma tashkil etgan shaxs aniqlandi 

O‘zbekiston 15:56 / 27.03.2024 8363

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, tumandagi 19-mavze hududidagi xonadonda yashovchi F.O. o‘z uyining yerto‘lasida 5 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 680,7 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: