Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘zaro tashriflardagi taklifiga binoan Tatariston raisi Rustam Minnixonov amaliy tashrif bilan bugun viloyatga keladi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, tashrif davomida erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Shuningdek, vohadagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish belgilangan.