Sirdaryodagi oilada 4 qizdan so‘ng uch egizak dunyoga keldi

O‘zbekiston 09:32 / 27.03.2024 16214

Sirdaryoda uch egizak dunyoga keldi.

Jizzax viloyati Forish tumanining Uchma qishlog‘ida yashovchi Anorxol Isroilova va uning turmush o‘rtog‘i Umid Isroilov to‘rt qizdan so‘ng o‘g‘il farzand kutgandi. Kuni kecha ular uch egizakli bo‘ldi: ikki nafar qiz, kenjasi esa o‘g‘il. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ona farzandlarini Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida dunyoga keltirdi. 

Egizaklarning kattasi 1,9 kg, keyingisi 2,4 kg, o‘g‘il chaqaloq esa 2,1 kg bo‘lib, ular tabiiy tug‘ruq jarayonida tug‘ildi. 

Muassasa rahbari Xanifa Sodiqovaning ma’lum qilishicha, ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli qoniqarli, ularning salomatligi shifokorlar nazorati ostida. 

Anorxol Isroilova va uning turmush o‘rtog‘i to‘rt qizdan so‘ng, o‘g‘il farzand kutgan. Bu niyat ham amalga oshib, farzandlari soni yettitaga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: