Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

O‘zbekiston 13:53 / 27.03.2024 4769

Shveytsariyaning Jyeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq (PI) bosh kotibi Martin Chungong va Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘rtasida PIning 150-yubiley assambleyasini 2025 yil O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Jahondagi 180 ta parlamentni birlashtirgan ushbu nufuzli tuzilma o‘zining yuqori organi assambleyani parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi mavjud bo‘lgan mamlakatlarda o‘tkazadi.

Mintaqada parlament yo‘nalishidagi bunday keng ko‘lamli tadbirning ilk bor o‘tishi O‘zbekiston parlamentining barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishdagi faol ishtiroki, normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlariga mos ravishda takomillashtirilishi, parlament darajasida inson huquqlarini himoya qilish va gender tengligi masalalarini ilgari surish, Yoshlar parlamenti doirasida yoshlarni qonun ijodkorligi faoliyatiga keng jalb etilishi bilan izohlanadi.

Parlamentlararo ittifoq assambleyasining mamlakatda o‘tkazilishi parlamentlar o‘rtasida xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, O‘zbekiston parlamenti faoliyati bilan tanishish, 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyani amalga oshirishda parlamentlarning ishtirokini kengaytirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, inson huquqlari, gender tengligi, yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda parlamentlar hamkorligini ko‘rib chiqish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: