O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston 08:52 / 27.03.2024 6074

"Dunyo" xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u 2021-2024 yillarda Jidda shahrida bosh konsul lavozimida ishlagan. 49 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan, xususiy tuzilmalarda tarjimon sifatida, shuningdek, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashida ishlagan.

2016 yildan beri TIV tizimida. O‘tgan yillar davomida Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi. 2019-2021 yillarda O‘zbekistonning Oqtov shahrida (Qozog‘iston), 2021-2024 yillarda esa Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) bosh konsul bo‘lib ishlagan.

Arab va rus tillarida so‘zlasha oladi.

Nodir Turg‘unov 2018-2024 yillarda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi va bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili lavozimlarida ishlagan Ulug‘bek Maqsudov o‘rniga tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: