Mayning-pul – mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot.
Mayning-pulning elektron platformasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
- mayningni amalga oshirish jarayonida topilgan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar;
- mayning-pul ishtirokchilarining kripto-aktivlarini saqlash;
- muqaddam muomalaga kiritilgan kripto-aktivlarni mayning-pul va mayning-pul ishtirokchilarining kripto-hamyonlariga o‘tkazish;
- anonim kripto-aktivlar mayningi va boshqa operatsiyalarni amalaga oshirish.
Mayning-pul ishtirokchilarning mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarini (shu jumladan ularning nomidan) kripto-aktivlar bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ishlatishga haqli emas.
Mayning-pul quyidagilar bilan shartnoma tuzishga haqli emas:
- O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
- 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
- majburiy identifikatsiyadan o‘tmagan milliy va xorijiy maynerlar;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotganlar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar.