Toshkentda havoni ifloslantirgan somsaxona jarimaga tortildi
Chilonzor tumanidagi somsaxona havoni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda poytaxt Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda somsaxonalar havo sifati ifloslanishiga hissa qo‘shayotgani bo‘yicha xabarlar tarqalgan. Holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, ushbu holat Chilonzor tumani 3-mavze, 53-sonli aholi yashash xonadonlari oldida yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroga nisbatan Chilonzor tumani ekologiya bo‘limi davlat inspektori tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 95-moddasiga asosan tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Qayd etilishicha, unga nisbatan jarima belgilangan.
Mavzuga oid

12:54 / 04.03.2025
Qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

15:31 / 12.02.2025
Ekovazirlik nega issiqxonalar atrofidagi havoni toza deb o‘lchaganini izohladi

15:38 / 10.02.2025
“Energetikadagi muammolar ekologik muammolarni ko‘paytiryapti” – mutaxassislar bilan suhbat

14:25 / 07.01.2025