Kapitalbankda xodimlarni tayyorlash akademiyasi ochildi

Jamiyat 16:48 / 19.03.2024 21067

O‘zbekistondagi eng yirik xususiy bank o‘zining 3000 dan ortiq bank xodimlarini o‘qitish imkonini beruvchi o‘quv markazini ishga tushirganini e’lon qildi. O‘quv dasturi bank xodimlarining ehtiyojlari va ish xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Kurslar kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lgan o‘quv bo‘limi trenerlari tomonidan o‘tiladi. Treninglarda xohlovchi istalgan bank xodimi qatnashishi mumkin.

— Xodimlarimizning malakasini oshirish nafaqat ularning kasbiy o‘sishiga qo‘yilgan sarmoya, balki butun bankimiz muvaffaqiyati va farovonligiga qo‘shilgan hissadir. 23 yillik faoliyati davomida “Kapitalbank” bugungi kunda mamlakat moliya tizimini rivojlantirayotgan ko‘plab mutaxassislarni yetishtirdi, – deydi Kadrlar siyosati va kadrlar bilan ishlash departamenti direktori, bank boshqaruvi a’zosi Oksana Lindina.

- Xodimlar malakasini oshirish ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mijozlar talablarining qoniqish darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi, — deydi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. —Ishonchimiz komilki, kadrlar malakasini oshirishga sarmoya kiritish Kapitalbankning bozordagi o‘rnini mustahkamlash, raqobatbardoshlikni oshirish va jamoada jamoaviy ruhni mustahkamlashga yordam beradi.

Treningning asosiy maqsadi xodimlarning kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Masalan, dasturda bank mahsulotlarini sotish bo‘yicha treninglar, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Kontakt markazida stajyorlar uchun darslar, chakana savdo bo‘limida yosh mutaxassislar uchun o‘qishlar o‘tkazish va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin olgan. Kapitalbank o‘z xodimlarini “yumshoq ko‘nikmalar” deb atalmish: o‘zgarishlarni boshqarish, mentorlik, delegatsiya, xodimlarni rag‘batlantirish va boshqa yumshoq ko‘nikmalarga o‘qitishga ham katta e’tibor qaratmoqda.

Treningda hududlardagi xodimlar uchun qulay bo‘lgan shaklda, oflayn yoki onlayn rejimida o‘qish mumkin. Kapitalbank akademiyasi ishbilarmonlik o‘yinlari, uchrashuvlar va seminarlar o‘tkazish uchun sig‘imi 55 kishigacha bo‘lgan konferensiya zali, shuningdek, umumiy sig‘imi 120 nafar tinglovchiga yetadigan o‘quv sinflarini taklif etadi. Mashg‘ulotlar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Fevral oyida Akademiya xodimlari uchun, hatto internet bo‘lmagan taqdirda ham masofaviy ta’lim olish uchun ilovani ishga tushirdi. Ilovada, kurslardan tashqari barcha so‘nggi yangiliklar, shuningdek, har bir kurs uchun adabiyotlar kutubxonasi mavjud. Bundan tashqari, 2023 yil oxirida, bank, ushbu sohada faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan mutaxassislar uchun, ATB “Kapitalbank” da karera deb nomlangan Telegram kanalini ishga tushirdi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan mutaxassislar Kapitalbankdan joriy bo‘sh ish o‘rinlarini topishi, shuningdek, moliya va bank sohasida karera qilish bo‘yicha HR'dan foydali maslahatlarni olishlari mumkin.

Sayt: kapitalbank.uz

Facebook: fb.com/kapitalbank.uz

Instagram: @kapitalbank.uz

Telegram-bot: t.me/kapital24

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: