Moody's agentligi Kapitalbankning kredit reytingini B2 darajasida tasdiqladi va prognozni "ijobiy"ga o‘zgartirdi

Jamiyat 15:35 / 23.10.2024 1230

Moody’s Investors Service reyting agentligi Kapitalbankning kredit reytingini B2 darajasida tasdiqladi va uzoq muddatli prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi, bunda risklar pasayganligi, asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘sishi va bank aktivlarini samarali boshqaruvi qayd etildi.

Agentlik ekspertlari Kapitalbank barqaror rentabellik ko‘rsatkichlarini namoyish etishda davom etishini, bozorni moliyalashtirishga past darajadagi bog‘liqlikni saqlab qolishini va likvidlikning tegishli darajasini ta’minlashini kutib qolishadi. Bu natija bankning bozordagi barqaror o‘rni va aktivlarni samarali boshqarish qobiliyatidan dalolat beradi.

“20 yildan ortiq davr mobaynida Kapitalbank moliyaviy maqsadlarga erishish va biznes o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi ishonchli hamkor bo‘lib kelmoqda. Reytinglarni oshirish nafaqat bugungi muvaffaqiyatimizni e’tirof etish, balki kelajak uchun katta mas’uliyat ham demakdir. Biz mamlakatimizning bank sohasida yetakchi o‘rinni saqlab qolgan holda o‘z mavqeimizni mustahkamlash, jarayonlarni takomillashtirish va innovatsion yechimlarni joriy etishda davom etamiz”, – deydi Kapitalbank Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.

Moody's reyting agentligi haqida

Moody's xalqaro reyting agentligi (to‘liq nomi - Moody’s Investors Service) - kredit reytinglarini belgilash, tadqiqot o‘tkazish va risklarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Bu agentlik Standard & Poor's va Fitch Ratings agentliklari bilan bir birga dunyodagi "katta uchlik" yetakchi reyting agentliklari hisoblanadi. Kompaniyaning eng yuqori professional standartlarga asoslangan faoliyati kapital bozorlarining shaffofligi va integratsiyasini oshirishga zamin yaratadi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: