“Kapitalbank” O‘zbekistondagi 90 mingdan ortiq tadbirkorlarning ishonchli moliyaviy hamkoriga aylandi. Bugungi kunda bank mijozlari nafaqat asosiy bank xizmatlaridan, balki individual yechimlar va innovatsion moliyaviy vositalardan ham foydalanadilar. Masalan, hozirda biznes uchun moliyaviy bo‘lmagan xizmatlar: onlayn kassa va ekvayring, autsorsing buxgalteriya xizmatlari, kontragentlarni tekshirish, omborlarni hisobga olish va boshqa xizmatlar mavjud. Bankning yangi mijozlari bank filialiga kelmasdan, sayyor menejer xizmatidan foydalangan holda masofadan turib hisob raqamini ochishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun Uzum Business mobil ilovasi orqali ariza qoldirish mumkin. Bank menejeri mijoz joylashgan hududga keladi va kerakli hujjatlarni tayyorlashga yordam beradi.
— “Kapitalbank”ning biznes yuritish uchun qulay xizmatlari 23 yildan buyon mijozlarimiz kompaniyalari rivojlanishiga yordam berib kelmoqda. Biz tadbirkorlarga asosiy e’tiborni biznesni rivojlantirishga qaratish imkoniyatini beramiz, ularga bank mutaxassislari va yangi raqamli xizmatlarimiz moliyaviy boshqaruvda yordam beradi, shu bilan birga biz filiallarga tashrif buyurmasdan muvaffaqiyatli biznes uchun foydali moliyaviy yechimlarni yaratamiz, - deydi Kirill Mayevskiy, Kapitalbank boshqaruvi raisi. — Onlayn banking, moslashuvchan omonat shartlari, maxsus tariflar, shaxsiy biznesni qo‘llab-quvvatlash, buxgalteriya hisobi bo‘yicha maslahatlar va boshqa qulay onlayn xizmatlar Uzum Business mijozlarimizga nafaqat pul, balki vaqtni ham tejash imkonini beradi.
Kapitalbank tadbirkor mijozlarining muvaffaqiyatlari bankning “Biznes rivojlanishiga yordam beramiz” missiyasini aks ettiradi. Bugungi kunda ko‘plab mijozlar o‘z bizneslari misolida natijalari bilan bo‘lishishga va Uzum Business onlayn xizmatlarining afzalliklari haqida gapirib berishga tayyor. Har bir tadbirkorning o‘ziga xos muvaffaqiyat tarixi bor va ularni yagona ishonchli moliyaviy hamkori – Kapitalbank birlashtirgan.
Behzod Sobirov: Black Tuning Detailing
Ilgari avtomobilsozlik sohasida ishlagan Behzod O‘zbekiston bozorida faol rivojlanayotgan yo‘nalish – tyuning va detallashtirishni o‘zi uchun kashf etdi. Jamoaning xalqaro tajribasi tufayli biznes Toshkentda tezda o‘z mijozlarini orttirishga muvaffaq bo‘ldi. Moliyaviy hamkor tanlash masalasi tezda hal qilindi - Behzodning birinchi biznesi allaqachon Kapitalbank bilan ishlagan edi.
– Kapitalbank bilan yangi biznes tajribasi osonlashdi. Bankning eng qulay xizmatlaridan biri bu sayyor menejer xizmatidir. Kapitalbank xodimi ofisimga kelib, joriy hisob raqamini ochish va masofadan turib barcha kerakli hujjatlarni tayyorlashda yordam berdi, shuningdek, filiallarga bormasdan yangilangan Uzum Business ilovasi orqali biznesni qanday yuritish mumkinligini ko‘rsatdi. Endi men o‘zim uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda istalgan to‘lov topshirig‘ini jo‘natishim, kerakli hujjatlarni imzolashim, hisobdan pul o‘tkazishim mumkin. Bu menga asosiy e’tiborimni o‘z biznesimni rivojlantirishga qaratishga yordam beradi, – deydi Black Tuning Detailing studiyasi asoschisi Behzod Sobirov.
Akmal Raimov: Dodo Pizza
Dodo Pizza xalqaro pitseriya tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga Akmal Raimov rahbarligida uch yildan ko‘proq vaqt oldin kirib kelgan. Ilgari aloqa agentligi rahbari, ma’lumoti iqtisodchi bo‘lgan Akmal moliyaviy hamkori kim bo‘lishi kerakligi va biznes uchun bank tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida to‘liq tushunchaga ega edi.
– Dodo Pizza Tashkent o‘z muvaffaqiyat yo‘lini Kapitalbank bilan boshladi. Bank tanlash to‘g‘risidagi qaror kompaniyaning moliya bo‘limi bilan birgalikda qabul qilindi. Kapitalbank bilan hamkorlik qilganimizdan beri mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha tezkor yechimlarga ega bo‘lmoqdamiz”, deya ta’kidlaydi, O‘zbekistondagi yetakchi tadbirkorlardan biri va xalqaro Dodo Pizza Tashkent tarmoqning sobiq direktori Akmal Raimov.
Azamat Usmonaliyev: Fortis Home
Azamat o‘z faoliyat yo‘lini 2016 yilda mebel savdosidan boshlagan. O‘zbekistonda mebelga bo‘lgan talab ortib borayotganini kuzatgan Azamat korpusli mebellar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z biznesini rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rdi. 2020 yilda tashkil etilgan Fortis Home kompaniyasi asosan oshxona garniturlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
– Biznes mijozlarimizga buyurtma berilgan kundan boshlab besh kun ichida tayyor mebellarni yetkazib beramiz. Biz uchun eng muhimi sifat, tezlik va mijozlarning mamnuniyat holati. Bu borada biz bilan Kapitalbankning ishlash tamoyillari mos keldi. Bugungi kunda bank bizning talablarimizni qondirib biz - mijozlariga tez va sifatli xizmat ko‘rsatib, Fortis Home brendini rivojlantirishimiz uchun sharoit yaratmoqda, – deydi Fortis Home asoschilaridan biri Azamat Usmonaliyev.
Nargiza Majidova: Line Concept Store egasi
Butun MDH davlatlari bo‘ylab dizaynerlik kiyimlari va aksessuarlari savdosiga ixtisoslashgan Line Concept Store egasi, marketolog Nargiza Majidova 6 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Line Concept Store loyihasi uch oy oldin ishga tushirilgan.
– Tadbirkorlik yo‘limning boshidayoq Kapitalbankni Moliyaviy hamkor qilib tanladim. Kapitalbank bilan birgalikda biznes yuritishni o‘rgandim. Hisobvaraqlar ochish va kassa mashinasini tanlashdan tortib, buxgalteriya hisobi va hujjat yuritishgacha – bularning barchasini o‘zim bajarganman va “Kapitalbank” xodimlari doim yordamga tayyor bo‘lishgan. “Kapitalbank”ni yaqin do‘stim tavsiya qilgan va ko‘p yillar davomida menga bank filiallaridan biri xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Mening barcha kompaniyalarim “Kapitalbank”da ro‘yxatdan o‘tgan, – deydi Line Concept Store asoschisi Nargiza Majidova.
Behzod Abduvaliyev: Abstrakt visuals
O‘zbekistondagi eng muvaffaqiyatli prodakshen kompaniyalaridan biri Abstrakt visuals asoschisi Behzod Abduvaliyev o‘z faoliyatini kam budjetli to‘y videolari olishdan boshlagan va bugungi kunda u jahon brendlari bilan ishlab kelmoqda. Behzodning kompaniyasi mamlakat tashqarisida ham buyurtmalar qabul qiladi. Bankni tanlashda asosiy omil individual yondashuv masalasi bo‘ldi.
– Kompaniya besh yildan beri mavjud. Korxonamiz ochilgan birinchi kundan boshlab Kapitalbank bizga xizmat ko‘rsatmoqda. Bankni tanlashda kompaniya moliyachilari va huquqshunoslari yordam berishdi. O‘sha paytda bizni bankning qulay sharoitlari va individual yondashuvi o‘ziga jalb qildi. Biz chet eldan juda ko‘p miqdordagi buyurtmalarni qabul qilganimiz sababli, biz har soniyada huquqiy va moliyaviy muammolarni hal qilishimiz kerak. Kapitalbank xodimlari bankning ish vaqtidan qat’i nazar, doimo aloqada. Biz o‘z mijozlariga bu darajada sodiqliklari uchun ulardan minnatdormiz, – deydi Abstrakt Visuals asoschisi Behzod Abduvaliyev.
O‘zbekistondagi kichik, o‘rta va yirik biznes tadbirkorlari uchun Kapitalbank mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’lumotlarni +998 (78) 148-11-33 telefon raqami va business.kapitalbank.uz orqali olishingiz mumkin.
Reklama