Nemis fermerlari oqsil kasalligi katta zarar keltirishi haqida ogohlantirdi
Germaniyada oqsil kasalligining tarqalishini to‘xtatish «birinchi ustuvor vazifa», dedi Berlindagi "Yashil haftalik"ning birinchi kunida Germaniya fermerlar ittifoqi rahbari.

Yoaxim Rukvid Foto: Fabian Sommer/dpa/picture alliance
Germaniya fermerlar ittifoqi (DBV) rahbari Yoaxim Rukvid mamlakatda oqsil kasalligi tarqalishi katta iqtisodiy zarar keltirishidan ogohlantirdi. «Ushbu kasallikning tarqalishi muhim iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi sababli chorvachilik fermalarimiz uchun juda jiddiy zarba», dedi Rukvid Mediengruppe Bayern media-guruhiga Berlinda «Yashil haftalik» qishloq xo‘jaligi yarmarkasining ochilishi munosabati bilan 17 yanvar, juma kuni bergan intervyusida.
Rukvidning so‘zlariga ko‘ra, chorvachilik uchun sodir bo‘lgan voqea oqibatlarini baholash hali qiyin, ammo «zarar juda katta bo‘ladi». Shu bilan birga, ushbu virus odamlar uchun xavf tug‘dirmasligi muhim, «u iste’molchilar uchun mutlaqo zararsizdir», deb ta’kidladi DBV rahbari. U rasmiylarni «kasallik tarqalishini har qanday yo‘l bilan ushlab turish uchun hamma narsani qilishga» chaqirdi. «Hozir bu birinchi raqamli ustuvor vazifa», dedi Yoaxim Rukvid va Germaniya hukumati hamda federal yerlardan «hal qiluvchi choralar»ni kutishini qo‘shimcha qildi.
Berlindagi "Yashil haftalik" va oqsil kasalligi
16 yanvar oqshomida 89-"Yashil haftalik"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vaziri Jyem O‘zdemir va Berlin burgomistri Kay Vegner ishtirok etdi. Ertasi kuni ertalab ko‘rgazma tashrif buyuruvchilar uchun to‘liq ochildi. Bu yil 60 mamlakatdan 1500 ga yaqin eksponent ishtirok etmoqda. Tashkilotchilar 26 yanvargacha yarmarkaga 300 mingga yaqin tashrif buyuruvchi kelishini kutmoqda.
Veterinariya xizmati bilan kelishilgan holda, bu safar "Yashil haftalik"da ayrim hayvonlar (qoramol, qo‘y, echki, alpaka va boshqalar) namunalari bo‘lmaydi. Bu chora Germaniyada so‘nggi 35 yil ichida birinchi marta zoonozlar (hayvonlarning yuqumli kasalliklari) guruhidan o‘tkir, o‘ta yuqumli virusli kasallik bo‘lgan oqsil avj olgani bilan izohlanadi.
O‘tgan hafta Brandenburg federal yeridagi chorvachilik fermasida nasldor buyvollar podasida oqsil kasalligi aniqlangan. Kasallikdan uchta buyvol nobud bo‘lgani xabar qilingan. Ilgari Germaniyada hayvonlarning oqsil kasalligi bilan kasallanish holatlari 1988 yilda qayd etilgan.
Mavzuga oid

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025