“Ayollar tadbirkorligi haftaligi” tadbirlari doirasida mamlakatimizning yirik xususiy banklaridan biri — “Kapitalbank” o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan va uni muvaffaqiyatli rivojlantirayotgan ayollarning muvaffaqiyatga qanday erishgani haqidagi hikoyalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Kapitalbank” biznesni rivojlantirish uchun turli foydali moliyalashtirish dasturlari, ta’lim tashabbuslari va raqamli yechimlarni taklif qilib, mamlakat tadbirkorlarini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, oxirgi yillarda bank mijozlari orasida mamlakatimizning barcha hududlaridan tadbirkor ayollar ko‘payib bormoqda.
– O‘quv materiallarining keng omma ixtiyoriga taqdim etilgani hamda davlat va banklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tufayli, ayollar tobora ko‘proq o‘z bizneslarini ochishga va dadil rejalarini amalga oshirishga qaror qilmoqda, – deydi “Kapitalbank” Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.
“Kapitalbank bilan biznes” loyihasi tajriba almashish, bir-birini ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan muvaffaqiyatli tadbirkorlar hamjamiyatini yaratishga qaratilgan.
Pokizbonu Qosimova, Expo Position kompaniyasining bosh direktori
Expo Position kompaniyasi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun samarali muloqot platformasini yaratish uchun tashkil etilgan. Iqtisodiyot o‘sishi va ishlab chiqarishning kengayishi bilan kompaniyalar o‘z mahsulotlari va xizmatlarini namoyish eta oladigan platformaga ehtiyoj paydo bo‘ldi.
– Dastlabki bosqichlarda ishtirokchilarni jalb qilish bilan bog‘liq vazifaga oldimizda turardi. Korxonalarni ko‘rgazmalarda qatnashish shunchaki mahsulotlar namoyishi emas, balki ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va savdo bozorini kengaytirish uchun haqiqiy imkoniyat ekaniga ishontirish kerak edi, — deb eslaydi Pokizabonu Qosimova. – Expo Position raqobat sharoitida bozordagi boshqa takliflardan foydali tomonlari bilan farq qiladigan tadbir formatini ishlab chiqishi kerak edi. Va bugungi kunda biz ushbu tadbirlar tufayli mijozlar qanday qilib biznes aloqalarini kengaytirib, hamkorlar topib, muvaffaqiyatga erishayotganini ko‘ryapmiz. Bu jamoamiz uchun eng kuchli rag‘batdir.
Pokizaning fikriga ko‘ra, biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun uchta asosiy sifat muhimdir: strategik fikrlash, moslashuvchanlik va doimiy rivojlanish. Pokizabonuning biznesga endigina qadam tashlayotgan ayollar uchun beradigan muhim maslahati: “O‘zingizga ishoning vayangiliklarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmang. O‘zingizga bo‘lgan ishonch va o‘z mahoratingizni doimiy ravishda takomillashtirish sizga har qanday qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi”.
Pokizabonu “Kapitalbank” bilan hamkorlikda, resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradigan hisoblarni boshqarishning moslashuvchan shartlariga ega korporativ xizmatni yuqori baholaydi, bu ayniqsa yirik tadbirlarni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega, shuningdek, dunyoning istalgan nuqtasidan biznesni boshqarishni osonlashtiradigan Uzum Business dasturini ham qadrlaydi.
Olga Afonina, tadbirkor va jamoat loyihalari tashkilotchisi
O‘zbekistonga 11 yil avval ko‘chib kelgan Olga yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni suratga olishga ixtisoslashgan fotostudiya ochdi. Keyinchalik bo‘lg‘usi onalar hamjamiyati ham paydo bo‘ldi, bu hamjamiyat 7 yil davomida yosh ota-onalar, shifokorlar va ayollarga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni birlashtirib, foydali bilim va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanib kelayotgan edi.
– Onalik meni o‘z biznesimni boshlashga undadi va eng muhimi – menga mamnuniyat ila rivojlanishim mumkin bo‘lgan yo‘nalishni ko‘rishga imkon berdi, - deydi Olga Afonina. – Rekvizitlarni sotib olish, ijaraga joy topish, studiyani jihozlash, xodimlarni topish va yollashdagi qiyinchiliklar – bularning barchasi boshida oson kechmagan, lekin katta ishni boshlash har doim murakkab qarorlar va mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Asosiysi, taslim bo‘lmaslik va maqsadga erishish uchun olg‘a intilish. Bugun o‘zim yoqtirgan ish bilan shug‘ullanar ekanman, men o‘z ijodim natijalari tufayli mijozlarimning yonayotgan ko‘zlaridan motivatsiya olaman.
Olga 10 yildan ortiq vaqt davomida Kapitalbankning mijozi bo‘lib, ham tadbirkorlar uchun, ham bankning xususiy mijozlari uchun mo‘ljallangan xizmatlaridan faol foydalanib kelmoqda.
Anisa Hasanova, B-YOU sog‘lom ovqatlanish kafesi asoschisi
Anisa o‘z faoliyatini 3 yil oldin o‘z uyida nutritsiologlar va ularning mijozlari uchun glutensiz pishiriqlar ishlab chiqarishdan boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan loyiha sog‘lom ovqatlanish madaniyatini ommalashtirishga yordam beradigan kafega aylandi.
– Mijozlarimning ijobiy fikrlari va ularning minnatdorchiligi menga biznesimni kengaytirishga turtki berdi. Shu tariqa mening sog‘lom ovqatlanish qahvaxonam paydo bo‘ldi, – deydi Anisa Hasanova. - Bu yo‘lda yetkazib beruvchilarni topish, jamoani tanlash va sifatli xizmat ko‘rsatish kabi ko‘plab qiyinchiliklar paydo bo‘ldi. Lekin jasoratim va o‘zimga bo‘lgan ishonchim sezilarli natijalarga erishishimga yordam berdi. Va o‘z biznesini boshlashni xohlaganlar uchun aynan ushbu fazilatlarni o‘zlarida rivojlantirishlarini tavsiya qilaman.
Anisa Kapitalbankni mobilligi va qulayligi uchun tanladi. Onlayn-banking va shaxsiy menejer moliyaviy masalalarni istalgan vaqtda tezkor hal qilish imkonini beradi. Kapitalbank kompaniyasining Uzum Business dasturi esa ko‘pgina vazifalarni bank bo‘limiga bormasdan amalga oshirish imkonini beradi.
Yulduz Xo‘janazarova, AIKA farmatsevtika kompaniyasi asoschisi
Odamlarga sog‘lom bo‘lishga yordam berish orzusiga ergashib, Yulduz o‘simliklar asosida tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalarni tarqatish bilan shug‘ullanadigan AIKA farmatsevtika kompaniyasini tashkil etdi. O‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik Yulduz uchun eng qiyin to‘siq bo‘ldi.
Biz ayollarni bitta vazifa – ya’ni eng yaxshi turmush o‘rtoq va ona bo‘lish maqsadi bilan tarbiyalangan davrda ulg‘ayganmiz. Men o‘z biznesimni ochishga qaror qilganimda, jamiyatdagi yangi rolimda jamoam va oilamdan katta yordam topdim, - deydi Yulduz Xo‘janazarova. - O‘z biznesini ochishni va muvaffaqiyatli biznes-ledi sifatida o‘zini namoyon qilishni orzu qilgan barcha ayollarga maqsadlaridan qaytmaslikni va harakat qilishlarini tilayman.
Yulduz o‘z biznesi uchun Kapitalbankni uning ishonchliligi, innovatsion texnologiyalari va yuqori malakali xodimlari uchun tanladi.
Diana Ahmadullina, “Vasha Para” ayollar poyabzallari do‘koni egasi
Diana ko‘p yillar sotuvchi bo‘lib ishlaganidan so‘ng, “Vasha Para” ayollar poyabzali do‘konini ochish orqali o‘zining shaxsiy biznesiga ega bo‘lish orzusini amalga oshirdi. Dastlabki bosqichda, ko‘plab tadbirkorlar singari, Diana ham yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro aloqada, moliyaviy resurslarni to‘g‘ri taqsimlashda va xodimlarni tanlashda qiyinchiliklarga duch keldi.
– Tavakkal qilish, xatolardan saboq olish va yo‘lida davom etish menga muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lishga yordam berdi. Bugun erishgan yutuqlarim menga yuksak natijalarga erishishim mumkinligiga ishonch bag‘ishlaydi, - deydi Diana Ahmadullina. - Barcha yangi boshlovchi tadbirkor ayollarga qat’iylik va intizom tilayman. Biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun aniq fikrlash, aniq belgilangan maqsadlar va mehnatsevarlik kerak.
Diana 10 yildan beri Kapitalbank bilan hamkorlik qilib, uning ishonchliligi, tezkorligi va biznes yuritish uchun qulay sharoitlarini ta’kidlaydi.
Kapitalbank O‘zbekiston tadbirkorlari uchun barqaror o‘sish va biznesni muvaffaqiyatli boshqarish uchun barcha sharoitlarni yaratishga intilmoqda. Bank moslashuvchan kreditlash dasturlari, omonatlar uchun qulay shartlar va biznesni boshqarish jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiradigan moliyaviy bo‘lmagan xizmatlarning keng ko‘lamini taklif etadi. Buxgalteriya hisobi autsorsingi, onlayn kassa apparati va ekvayring, kontragentlarni tekshirish, omborxona hisobi, shuningdek, barcha moliyaviy operatsiyalarni onlayn nazorat qilish imkonini beruvchi qulay mobil ilova shular jumlasidandir. Bundan tashqari, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Kapitalbank ofisiga tashrif buyurmasdan hisobvaraq ochishda yordam beradigan sayyor menejer xizmatlarini taqdim etadi.
O‘zbekistonda kichik, o‘rta va yirik biznes tadbirkorlari uchun Kapitalbank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni +998 (78) 148-11-33 telefon raqami yoki business.kapitalbank.uz sayti orqali olish mumkin.
Reklama