O‘zbekistonda ikki oyda qancha nikoh qayd etilgani aytildi

O‘zbekiston 07:30 / 15.03.2024 3102

2024 yilning yanvar-fevral oyida FHDYo organlarida respublika bo‘yicha 35 067 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 114 taga (6,4 foiz) ko‘paygan.

O‘zbekistonda 2023 yili qayd etilgan nikohlar soni 283,8 mingtani tashkil etgan. 

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, shundan 20 yoshgacha bo‘lgan shaxslar o‘rtasida qayd etilgan nikohlar soni 106 mingtaga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: