Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi shaharda kelin 35 yoshdan kichik bo‘lsa, nikohdan o‘tishda hukumat tomonidan pul to‘lanadi
Bundan tashqari har bir tug‘ilgan farzand uchun katta miqdorda mukofot puli beriladi.

Foto: RIA Novosti / Anna Ratkoglo
Xitoyning Shansi provinsiyasidagi Lyuylyan shahrida nikohdan o‘tayotgan er-xotinlarga, agar kelin 35 yosh yoki undan kichik bo‘lsa, mukofot puli to‘lanadi, deb xabar berdi Jiefang Daily gazetasi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab Lyuylyanda nikohni ro‘yxatdan o‘tkazadigan juftlikka 1,5 ming yuan (qariyb 2,7 mln so‘m) to‘lab beriladi. Bunda kuyov ham, kelin ham birinchi marta turmush qurayotgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, 2025 yil boshidan boshlab shahar hukumati birinchi farzand tug‘ilganda 2 ming yuan (3,6 mln so‘m), ikkinchi farzand tug‘ilganda 5 ming yuan (9 mln so‘m), uchinchi farzand tug‘ilganda 8 ming yuan (14,3 mln so‘m) to‘laydi. Chaqaloqlar Lyuylyanda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Shahar hukumati onalikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va onalik uchun qulay jamiyat yaratish chora-tadbirlari doirasida ushbu to‘lovlarni joriy etdi.
Lyuylyanda 3,4 millionga yaqin aholi yashaydi. Guancha.cn ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda shaharda taxminan 16,7 mingta nikoh qayd etilgan.
Yanvar oyida Reuters 2023 yil oxirida Xitoy aholisi 2,08 millionga qisqarib, 1,409 milliardga yetganini yozgandi. Bu mamlakat aholisi kamayib borayotgan ikkinchi yil, deb ta’kidladi agentlik. Bunga sabablar orasida “tug‘ilishning rekord darajada pasayishi” va “COVID-19 tufayli yuz bergan o‘limlar to‘lqini” ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

15:17 / 20.06.2025
O‘zbekiston islomshunoslik akademiyasi Abdulloh II nomidagi mukofot bilan taqdirlandi

12:06 / 20.06.2025
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 14,5 mlrd so‘m mukofot oldi

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

09:10 / 24.05.2025