Toshkentda voleybol bo‘yicha shahar IIBB boshlig‘i kubogi o‘tkazilmoqda

Sport 10:41 / 14.03.2024 15762

Musobaqaning yarim finalida o‘g‘il bollar jamoasi orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mirzo Ulug‘bek tumanining Al-Farobiy mahallasi va Yangihayot tumanining Fayzli mahallasi jamoalari final bosqichida 1- va 2-o‘rin uchun o‘zaro kurash olib boradi.  

Qizlar jamoasi o‘rtasida Sergeli tumanining Yangi Sergeli mahallasi va Bektemir tumanining Mirishkor mahallasi birinchilik uchun o‘zaro kurash olib boradi. 

1-o‘rin uchun jamoaning har bir vakiliga 7 million so‘mdan, 2-o‘rin uchun 5 million so‘mdan, 3-o‘rin uchun 3 million so‘mdan pul mukofoti beriladi.

Musobaqaning final bosqichi 14 mart kuni o‘tkaziladi. Final bosqichi qizg‘in sport o‘yini va shou dasturlari bilan davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: