Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs voyaga yetmagan bolaga nisbatan tegajog‘lik qilganligi aks etgan video tarqalgani xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB tomonidan videoda aks etgan holat bo‘yicha o‘rganishlar jarayoni o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 4 fevral kuni taxminan soat 21:00 larda 1988 yilda tug‘ilgan X.G‘. Chilonzor tumani hududida harakatlanayotgan avtobus salonida voyaga yetmagan, 2012 yilda tug‘ilgan U.I.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.