Toshkent shahar IIBBga yangi boshliq tayinlandi
Polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Foto: IIV
IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, poytaxt IIBBda jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash masalalariga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan. Tadbirda Prezident Administratsiyasining mas’ullari, ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Toshpo‘latov, poytaxt sektor mutasaddilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rahbarlari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ravshan Sultonxo‘jayev 2021 yilda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelgan Aziz Toshpo‘latov prezident farmoni bilan ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi. U IIV rahbari lavozimida 2017 yil sentabridan buyon ishlab kelgan Po‘lat Bobojonovni almashtirdi.
Mavzuga oid

23:16 / 11.02.2025
Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

13:05 / 08.02.2025
IIBB: Avtobusda voyaga yetmagan bolaga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan shaxs ushlandi

07:35 / 15.05.2024
Toshkentda IIBB ikki nafar shaxsni qidiruvga berdi

15:41 / 29.03.2024