Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
Shayxontohur tumanida mast holatda bo‘lgan 67 yoshli shaxs avtoturargoh qorovuli va boshqa fuqarolarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, jamoat tartibini buzdi.

Foto: Videodan kadr
Poytaxtning Shayxontohur tumanida pichoq bilan odamlarga tahdid qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkakning liftda yosh bolaga qo‘l ko‘targani, ko‘chada fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgani tasvirlangan videolar tarqaldi.
IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, 18 aprel kuni soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida joylashgan avtoturargohlardan birida o‘rnatilgan «tashvish tugmasi» bosilgani haqida Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tomonidan aniqlanishicha, 1958 yilda tug‘ilgan X.S. mast holatda bo‘la turib, avtoturargoh qorovuli va boshqa fuqarolarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, jamoat tartibini buzgan. So‘ng voqea joyidan qochib, ko‘p qavatli uylardan biriga kirib ketgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro X.S. ushlanib, IIBga olib borilgan.
X.S. tomonidan pichoq bilan hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.
Holat yuzasidan X.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik), 194- (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 185-2-moddalari (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03
-
Arxeologlar «misli ko‘rilmagan» xazinani olib ketish vaqtida hujumga uchragan kema qoldiqlarini topdi
Jahon | 22:59
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi
Iqtisodiyot | 21:57
Mavzuga oid

10:41 / 07.07.2025
IIBB arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmaslikka chaqirdi

09:20 / 29.05.2025
Toshkent viloyatida ko‘p miqdordagi narkotik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi

17:21 / 30.04.2025