Bayden Yuliya va Darya Navalnayalar bilan uchrashdi

Jahon 09:44 / 23.02.2024 14634

Oq uy rahbari Jo Bayden Yuliya va Darya Navalnayalar bilan uchrashib, ular uchun og‘ir yo‘qotish bo‘yicha hamdardlik bildirdi. Bu haqda 22 fevral, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh prezidentining o‘zi ma’lum qildi. Bayden uchrashuv aynan qayerda bo‘lganiga aniqlik kiritmadi. «Alekseyning jasorati merosi Yuliya va Dashada, butun Rossiya bo‘ylab demokratiya va inson huquqlari uchun kurashayotgan son-sanoqsiz odamlarda saqlanib qoladi», — deb yozadi AQSh prezidenti.

Yuliya Navalnaya erining ishini davom ettiradi 

19 fevral kuni Aleksey Navalniyning bevasi siyosatchi YouTube-kanalida murojaat e’lon qildi. Unda u marhum turmush o‘rtog‘ining ishini davom ettirishga va’da bergan. Videoda Yuliya Navalnaya rossiyaliklarni «avvalgidan ham ko‘proq, umidliroq, shiddatliroq» kurashni davom ettirishga chaqirdi. Bundan tashqari, u tez orada Aleksey nima uchun o‘ldirilganini aytishga va’da berdi. 

20 fevral kuni Aleksey Navalniy jamoasi Yuliya Navalnayaning Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashiga murojaati matnini e’lon qildi. Unda rossiyalik muxolifatchining bevasi YeI vakillariga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi va eri ishini davom ettirish niyatini tasdiqladi. 

Murojaat oxirida u «Aleksey Navalniyning Rossiyasi nomidan uchta taklifni» taqdim etdi. Ulardan birinchisi, Rossiya Federatsiyasida mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmaslikdir. Ikkinchisi, rejimga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirish. Uchinchidan, «urush va diktaturadan qochgan» ruslarga yordam berish. 

Navalniyning onasiga o‘g‘lini yashirincha dafn etish bilan tahdid qilishmoqda

Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Navalnaya 22 fevral kuni videomurojaatida unga o‘g‘li jasadi ko‘rsatilgani va undan xayrlashuvsiz yashirin dafn marosimiga rozi bo‘lish talabi bilan tahdid qilinganini aytdi. «Ular xayrlashmasdan, bu ishni yashirincha qilishni xohlayapti, meni qabriston chetidagi yangi qabrga olib borib, «o‘g‘lingiz yotibdi», deyishmoqchi. O‘limi shaxsiy fojiaga aylangan odamlar uchun Aleksey bilan xayrlashish imkoniyati paydo bo‘lishini istayman», dedi Lyudmila Navalnaya. 

Siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish ta’kidlashicha, Aleksey Navalniyning o‘limi bo‘yicha uning onasiga ko‘rsatilgan tibbiy xulosada «o‘lim sabablari - tabiiy» deyilgan. FSIN Navalniyning koloniyada o‘lganini 16 fevral kuni e’lon qildi. Siyosatchining o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. 

Ko‘proq yangiliklar: