ChatGPT va Dall-e kabi neyrotarmoqlarni yaratgan OpenAI ning yangi sun’iy intellekti bilan endi bemalol kino ham ishlasa bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, bu neyrotarmog‘ modeli oddiy matnni yuqori sifatli roliklarga aylantirib bera oladi. Hozircha u bilan bir daqiqagacha bo‘lgan video generatsiya qilish mumkin.
Neyrotarmoqni yaratgan OpenAI kompaniyasining qayd etishicha Sora obektlarning fizik xossalari va bir-biriga o‘zaro bog‘liqligini hisobga oladi, shu sababli tabiiy animatsiyali rostakam videolar yarata oladi.
Bundan tashqari, Sora mavjud videodagi bo‘sh kadrlarni to‘ldirib, uning davomiyligini ham uzaytirib bera oladi.
Ayni paytda neyrotarmoq sinov bosqichida va hozircha omma e’tiboriga havola etilmagan. Biroq uni allaqachon rassomlar, dizaynerlar va rejissyorlar sinovdan o‘tkazmoqda. Ular generatsiya davomidagi ayrim xatoliklarni ko‘rsatib berishadi.