OChL. «Nasaf» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al-Ayn» bilan durang o‘ynadi

Sport 21:10 / 14.02.2024 21653

Qarshida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda yangi futbol mavsumini muxlislar sog‘inib qolgani ko‘rindi. Shu kuni stadionda 15 mingdan ortiq tomoshabin «Nasaf» jamoasini qo‘llab-quvvatlab turdi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari yangi mavsumdagi dastlabki rasmiy o‘yinda BAA klubi bilan durang qayd etishdi. O‘yin davomida har ikki tomonda ham hisobni ochish uchun bir qator vaziyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi – 0:0.

Javob o‘yini bir haftadan keyin 21 fevral kuni Al-Aynda bo‘lib o‘tadi va chorakfinal yo‘llanmasi sohibi aniqlanadi.

OChL-2023/24. 1/8 final. Dastlabki uchrashuv.

14 fevral (chorshanba)
«Nasaf» (O‘zbekiston) – «Al-Ayn» (BAA) – 0:0

Bosh hakam: Adham Muhammad (Iordaniya)

Qarshi. «Markaziy» stadion. 15 186 tomoshabin

VAR: Abdulla Ali Al Marri (Qatar)

«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Murodbek Rahmatov, 22. Igor Golban, 28. Shuhrat Muhammadiyev (44. Shahzod Akramov, 84), 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Siddiqov (88.Marko Stanoyevich, 62), 30. Temur Chogadze (20. Viktor Da Silva, 62), 77. Oybek Bozorov (45. Zoran Marushich, 84), 14. Sharof Muhitdinov (34.Sherzod Nasrullayev, 54), 97. Bobur Abduxoliqov.

«Al-Ayn»: 17. Xolid Eysa, 3. Kuame Kuadio, 16. Xolid Muhammad Alxoshmi, 40. Xolid Al Blushi (8. Muhammad Al-Bulushi, 73), 5. Park Yong Vo, 6. Yahyo Nodir, 11. Bandar Muhammad, 21. Sofian Rahimi, 42. Jonatas, 70. Abdul Karim Traore, 9. Kojo Laba

Ogohlantirishlar: Javohir Siddiqov 10, Igor Golban 13, Akmal Mozgovoy 45 – Xolid Al Bulushi 18, Kuame Kuadio 81.

Ko‘proq yangiliklar: