Qarshi shahrida 50 o‘rinli hospis quriladi

O‘zbekiston 11:43 / 12.02.2024 5853

Prezidentning 9 fevraldagi qaroriga ko‘ra, 2026 yilgacha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 50 o‘rinli hospis quriladi. Hududlararo hospisda og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga palliativ yordam beriladi.

Hospisni qurish va saqlash viloyat mahalliy budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Kerakli tibbiy asbob-uskunalar esa Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, hospis faoliyatini tashkil etish va uni saqlash ishlari Samarqand, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi hududlararo hospislar uchun amal qiladigan tartibda yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, hududlararo hospislar onkologik va yuqumli bo‘lmagan boshqa kasalliklarning o‘tkazib yuborilgan bosqichini boshidan kechirayotgan bemorlarni statsionar hamda ambulatoriya sharoitida, shuningdek, uyda tibbiy davolash imkoniyati bo‘lmaganda, ularga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatadigan mustaqil tibbiyot muassasalari sifatida tashkil etilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda O‘zbekistonda hospislar tarmog‘i va palliativ yordam ko‘rsatish bo‘limlari ochish haqida 2019 yildagi onkologik xizmat va onkologik bemorlarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha hukumat dasturida aks etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: