Eron poytaxti Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan IranLab – xalqaro laboratoriya materiallari va uskunalari 11-xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi xodimlari ham ishtirok etdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, ko‘rgazma doirasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yuzasidan manfaatli muzokaralar o‘tkazildi.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi «Ma’muriy xo‘jalik xizmati» davlat muassasasi direktori xalqaro ko‘rgazma doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanadigan dronlar ishlab chiqaruvchi Siran UAV kompaniyasi direktori Hadi Sharifian bilan uchrashdi.
Unda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dronlarni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish, kelgusida ko‘rsatiladigan texnik ko‘rik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.