Qoraqalpog‘istonda AGTKSlar ish vaqtiga cheklov kiritildi

Iqtisodiyot 13:29 / 07.12.2023 17823

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tun-u kun rejimidan soat 6:00 dan 15:00 gacha ishlash rejimiga o‘tmoqda. Bu haqda “Hududgaz Qoraqalpog‘iston”ga tayanib, KRuz.uz xabar berdi.

Bu cheklov 9–14 dekabr kunlari havo kesin sovib ketishi munosabati bilan iste’molchilarning tabiiy gazga talabi ortib, magistral tarmoqlarda gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida kiritilgan.

Avvalroq ayni sabab bilan Andijon viloyati hokimligi 4 dekabrdan boshlab viloyatdagi AGTKSlar ish vaqti 6:00 dan 15:00 gacha cheklanishi haqida xabar bergandi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi gaz quyish shoxobchalari faoliyatida ham uzilishlar kuzatila boshlagani haqida ma’lumotlar bor.

Noyabr oyida parlamentda hisobot bergan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qattiq sovuq kunlarda gaz-shoxobchalariga ta’minot 30 foizgacha qisqartirilishi mumkinligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: