Belgoroddagi yong‘in, Moskvadagi parad va Avdiyivka atrofidagi artilleriyachilar. Urush suratlari

Jahon 15:48 / 10.05.2024 10924

Ukrainada urushning 806-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Moskvada G‘alaba paradi o‘tkazildi. Unda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Laos, Gvineya-Bisau va Kuba prezidentlari ham ishtirok etdi.
  • Ukrainlar droni Boshqirdistondagi «Gazprom Neftexim» neftni qayta ishlash zavodiga hujum uyushtirdi. Shuningdek, pilotsiz uchish qurilmalari Krasnodar o‘lkasining Anapa shahri yaqinidagi neft baza hududiga uchib kelib, bir qancha rezervuarlarga shikast yetkazgan.
  • Belgorod shahri Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 11 kishi jarohatlandi.
  • Nikopolda Rossiya qo‘shini zarbasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
  • Volodimir Zelenskiy g‘arb qurollari yetib kelganidan keyin Ukraina jang maydonida tashabbusni o‘z qo‘liga olishi mumkinligini aytdi.
  • Ukrainada qurol ishlab chiqarish bo‘yicha yettita maxfiy zavod qurildi, ularning bir qismi yer ostida joylashtirilgan, deb  xabar berdi Ispaniyaning El Mundo nashri.

Kun kadri. Belgorod Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi

9 mayga o‘tar kechasi Belgorod shahri va Belgorod rayoni ukrain qo‘shini zarbasiga uchradi. 11 kishi, jumladan 11 yoshli qiz jarohatlangan, degan Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida 34 kvartira, beshta xususiy uy hamda 40 ta mashina shikastlangan.

Vyacheslav Gladkovning Telegram-kanali

Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida G‘alaba kuni

9 mayga bag‘ishlangan marosimlar Donetsk, Luhansk, Mariupol va Rossiya qo‘shini nazoratida qolayotgan boshqa ukrain shaharlarida o‘tkazildi.

Saur-Mogila memorial kompleksi, DXR
AFP / Scanpix / LETA
Luhansk
RIA Novosti / Profimedia
Mariupol
Aleksandr Suxov / RIA Novosti / Profimedia
Xarsizsk, DXR
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Vladimir Putin G‘alaba paradini Ikkinchi jahon urushi faxriylari hamda Buchani okkupatsiya qilgan harbiylar bilan birga tomosha qildi

Moskvada G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Tribunada Putinning ikki yonida Ikkinchi jahon urushi faxriylari — 1945 yilgi parad ishtirokchilari Yevgeniy Kuropatkov va mergan Aleksandr Aleshin (ikkisi ham hozir 100 yoshga to‘lgan) o‘tirishdi. Putinning ortida esa Ukrainadagi janglarda qatnashgan katta leytenant Chalim Chuldum-ool, mayor Boris Dudko va kapitan Sergey Bacherikov joy olishdi.

Chuldum-ool 55-alohida gvardiya motoo‘qchilar brigadasida xizmat qilgan. Ukraina hukumati ushbu brigada harbiylarini 2022 yil martida qariyb bir oy mobaynida Yahidne qishlog‘ida 360 kishini maktab yerto‘lasida ushlab turishda ayblagan. Bu vaqt ichida yerto‘ladagilardan 10 nafari halok bo‘lgan.

Dudko — Havo desant qo‘shinlarining 76-gvardiya desant-shturm diviziyasi vakili, bu bo‘linma Buchani okkupatsiya qilish chog‘ida tinch aholi vakillarini o‘ldirishda ayblangan.

Bacherikov G‘arbiy harbiy okrugning 27-alohida brigadasida xizmat qilgan va ognemyot (o‘tsochar) rotasini boshqargan.

2023 yilgi paradda Putinning atrofida NKVD va KGB faxriylari o‘tirishgandi.

Vyacheslav Prokofev / AFP / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiy halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlariga mukofotlar topshirdi

8 may, Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan G‘alaba va xotirlash kunida (Ukrainada bu sana 9 maydan 8 mayga ko‘chirilgan), Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiylarga hamda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini chog‘ida halok bo‘lganlarning yaqinlariga ordenlar topshirdi.

Ukraina prezidenti matbuot kotibi

Avdiyivka yaqinidagi ukrain artilleriyachilari

Donetsk oblastidagi Avdiyivka shahri atrofi Ukraina qurolli kuchlari uchun frontdagi eng xavfli uchastkalardan biri bo‘lib qolmoqda. Rossiya qo‘shini Avdiyivkaning o‘zini fevral oyida egallab olgandi (shahar uchun janglar vaqtida ko‘plab binolar butkul vayron bo‘lgan), aprelda esa undan g‘arbdagi Ocheretino posyolkasini nazorat ostiga olgandi.

Ukraina tomonidan bu yo‘nalishda 47-mexanizatsiyalashgan brigadasi ham mudofaada qatnashmoqda, unga g‘arb qurollari — «Leopard-2» tanklari va «Bredli» jangovar piyodalar mashinalari yetkazib berilgan, shuningdek artilleriya bo‘linmalari bilan kuchaytirilgan.

Urushning 806-kunida ukrain harbiylari Avdiyivka yo‘nalishida Kalinovo, Novoaleksandrovka, Novoselovka Pervaya, Umanske, Yasnobrodovka va Netaylovo aholi yashash manzillari hududlarida 20 dan ortiq hujumni qaytardi, deb hisobot bergan Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi.

Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Ukraina uchun halok bo‘lganlarning xotira devori

Kiyevda Ukraina uchun halok bo‘lgan himoyachilar xotirasi uchun yodgorlik devori 2014 yilda o‘nlab fotosuratlar aks etgan ulkan banner ko‘rinishida paydo bo‘lgandi. Bir yil o‘tib memorial zarrin tomli Mixaylovskiy monastiriga ko‘chirilgan, 2020 yilda uni rekonstruksiya qilishgan. Hozirda devorda minglab qurbonlarning fotosuratlari joylashtirilgan.

Ukrainaning halok bo‘lgan himoyachilari xotira devorida askar portretiga teginayotgan ayol
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: