O‘zbekistonning ikki viloyatida umumiy quvvati 500 MW bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi

Iqtisodiyot 17:18 / 10.05.2024 6545

Samarqand va Jizzax viloyatlarida ikkita shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomalari tasdiqlandi. Bu haqda 7 may kuni qabul qilingan prezident qarorida keltirilgan.

Ushbu loyihalarning pudratchilari sifatida Universal Energy’ning sho‘ba korxonalari Peak Wind Alpha va Peak Wind Beta MChJlar ko‘rsatilgan. Majburiyatlar bajarilishi uchun 9 mln dollarlik bank kafolati ko‘zda tutilgan.

Har bir loyiha doirasida 250 MW quvvatga ega shamol elektr stansiyalari, elektr uzatish liniyalari quriladi. Investor har bir loyihani amalga oshirish uchun 250 million dollar ajratishi qayd etilgan.

«O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» ushbu shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yil davomida sotib olish kafolotini olgan. O‘z navbatida, elektr energiyasining qanchadan sotib olinishiga aniqlik kiritilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: