2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 831 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatgich 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 99,5 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 foiz), Pokiston (15,1 foiz), Qozog‘iston (12,2 foiz) hamda Xitoy (8,4 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.