O‘zbekiston va Qozog‘iston mavsumiy meva-sabzavotlarni o‘zaro yetkazib beradi

Iqtisodiyot 12:26 619

O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Olmaota viloyati akimi Marat Sultangaziyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm, savdo sohalaridagi hamkorlikni va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbatdosh mamlakat hududlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini va joriy yilning dastlabki sakkiz oyida Olmaota viloyatining O‘zbekiston bilan o‘zaro savdosi 171 million AQSh dollarni tashkil etganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida mavsumiy meva va sabzavotlarni o‘zaro yetkazib berish, sut mahsulotlari va qadoqlash materiallarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish, Olmaota viloyati delegatsiyasining Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladigan Kashkadarya invest – 2024 biznes-forumida ishtirok etishni uyushtirish va boshqalar to‘g‘risida kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: