Davlat departamenti vakili Isroil haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi
Diplomatik idora, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar nega Isroilning G‘azo tinch aholisiga bergan zarbalarini qoralamayotganini tushuntirib bermadi.

Foto: Reuters
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller payshanba kuni bo‘lib o‘tgan kundalik brifingda Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari harbiy jinoyatlar hisoblanadimi, degan savolga javob bermadi.
«Men bu hujumni baholay olmayman. Men boshqa hujumlarni ham baholay olmayman», dedi u Jabaliya qochqinlar lageriga Isroil havo hujumlarini izohlar ekan.
Shuningdek, u nega AQSh Isroilning Falastin eksklavidagi tinch aholiga qilgan hujumlarini haligacha qoralamaganini tushuntirib bermadi.
Avvalroq Isroilning G‘azo sektoriga hujumlariga qarshi namoyishchilar AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Kongressdagi nutqini to‘xtatib qo‘ygandi.
Diplomatning Senat moliya qo‘mitasi oldidagi nutqi bir necha bor: «Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtating!», «G‘azo bolalarini qutqaring!», «G‘azoni ozod qiling!» va boshqa hayqiriqlar bilan to‘xtatilgan.
Davlat kotibi Senatda AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukraina va Isroilga 106 milliard dollarlik yordam taqdim etish bo‘yicha murojaati yuzasidan eshituvlarni boshlaganida faollar qizil rangga bo‘yalgan qo‘llarini ko‘tarib olgan.
Blinken o‘z nutqini to‘xtatgan va politsiya namoyishchilarni zaldan chiqarib yuborishini indamay kutib turgan.
Mavzuga oid

23:22 / 19.03.2025
Isroil Mudofaa armiyasi G‘azo sektorida yangi yer usti operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi

22:32 / 19.03.2025
Tramp AQShning Yevropadagi NATO kuchlari qo‘mondonligidan voz kechishi mumkin

21:16 / 19.03.2025
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi

16:57 / 19.03.2025