Chilonzorda 29 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi
Daraxtlar katta ehtimol bilan oldindan qasddan quritilgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Chilonzor tumanida 29 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, Lutfiy ko‘chasidagi 29 ta ko‘p yillik shumtol daraxti qurib qolgani sababli kesib olinmoqda. Shanba kuni ko‘pchilik tashkilotlarda dam olish kuni bo‘lgani sababli, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan qurigan daraxtlarni kesib olish jarayonlari olib borilmoqda.

«Aholidan va ekolog blogerlar hamda jurnalistlardan biz oldindan ma’lum qilgan ushbu ma’lumotlar bilan tanishib, ayni jarayonlarga xolis baho berishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil kuzida Kun.uz saytida Chilonzor tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Lutfiy ko‘chasidagi 56 tup daraxtning tagini landshaft yaratish bahonasida polietilen kleyonka bilan o‘rab tashlagani haqida material e’lon qilingandi. Katta ehtimol bilan hozirda aynan shu daraxtlarning bir qismi kesilgan.
Ekologiya qo‘mitasi (ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi) raisining sobiq o‘rinbosari Islombek Boqijonov shunday savolni o‘rtaga tashlagandi: «Bu daraxtlar kimgadir xalal beryaptimi, kimga kerak bo‘lib qoldi ularni quritish?»
Mavzuga oid

09:43 / 21.02.2025
2 tup daraxt kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

10:05 / 19.02.2025
Shaxsan hokim bosh-qosh: Quvasoyda 300 ga yaqin daraxt qo‘porib tashlandi

16:50 / 18.02.2025