Xitoy banki O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bo‘yicha, Markaziy bankda dunyoning top-10 ta bankidan biri — Xitoy banki (Bank of China) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Xitoy banki rahbariyati O‘zbekistonning bank tizimi imkoniyatlari va unga kirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
Regulyator Xitoy tomoniga batafsil ma’lumot va tegishli tushuntirishlar bergan.
Tomonlar mamlakat moliya bozorini rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirish borasida ham fikr almashdi.